Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Osiyo taraqqiyot banki missiyasi rahbari janob Mirzo-Iskandar G‘ulomov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Osiyo taraqqiyot banki missiyasi rahbari janob Mirzo-Iskandar G‘ulomov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik 2008-yilda boshlangan bo‘lib, shu kungacha bank ishtirokida 1,78 mlrd dollar qiymatidagi qarz mablag‘lari olindi.
Buning natijasida, 633 km magistral yo‘llar rekonstruksiya qilindi hamda loyihalar doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 100 km ichki yo‘llar qurildi.
Yo‘l xo‘jaligi sohasida 2026- yilda jami 14 ta, shundan OTB ishtirokida 4 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Osiyo taraqqiyot bankining va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
yo‘l sohasidagi loyihalarning kelishilgan portfelini tasdiqladilar va unga binoan OTBning “2027-yilgi loyihalarni amalga oshirish portfeli” biznes rejasiga kiritildi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon shuningdek, kelajakdagi istiqbolli rejalar haqida ham kelishib oldilar va bu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishini yana bir bor ta’kidladilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Xalqaro hamkorlik10-02-2026, 10:30
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi17-12-2024, 11:19
O‘zbekistonda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi17-12-2024, 11:21
Zamonaviy yo‘llar — zamonaviy hayot mezoni2-03-2026, 09:30
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”8-04-2026, 11:10











