“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16- fevraldagi PF–25-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, texnik reglamentlar va standartlarni xalqaro talablar asosida joriy etish, transport sohasida mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizligi hamda sifatini ta’minlash, shuningdek, avtomobil yo‘llari loyihalarida zamonaviy yo‘l qurilishi texnologiyalarini joriy etish va laboratoriya sinovlarini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish uchun Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasining Ilmiy-tadqiqot ishlari sinov laboratoriyasi boshlig'i, Salohiddin Qurbonov Qozog’iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.◾️Safardan asosiy maqsad xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida zamonaviy yo‘l qurilishi materiallari va texnologiyalarini joriy etish hamda superasfalt (Superpave) texnologiyasini qo‘llashni kengaytirish shuningdek, “PG” klassifikatsiyasi bo‘yicha bitumlarni qo‘llash va baholash tizimini joriy etish va laboratoriya sinovlarini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishdan iborat.
🛣Shuningdek, O'zbekiston yo'l-iqlim sharoitlari, yuklamalar va harakat jadalligidan kelib chiqib, bitum va asfalt-betonning turlarini belgilash rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











