Qo‘shko‘pir tuman Yo'llardan foydalanish DMda 40 sotix yerga kartoshka ekildi


Qo‘shko‘pir tuman Yo'llardan foydalanish DMda 40 sotix yerga kartoshka ekildiQo‘shko‘pir tuman Yo'llardan foydalanish DMga qarashli bo‘sh turgan yer maydonlari ekin ekishga tayyor holga keltirilib, har bir qarich yer alohida ishchi-xodimlarga biriktirib berildi. Natijada har bir xodim o‘zining ishdan tashqari bo'sh vaqtida unumli foydalanib, mazkur yer maydonlarida kartoshka va boshqa sabzavot ekinlarini yetishtirish, shu orqali o‘z oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Shuningdek, ushbu yer maydonlari to‘liq tayyor holatda taqdim etilib, sug‘orish tizimi ham muassasa tomonidan yo'lga qo'yib berilgan. Bu esa ishchi-xizmatchilar uchun yanada qulay sharoit yaratib, ularning mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ishchi-xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy farovonligini oshirish maqsadida muassasa tasarrufidagi 40 sotix tomorqa yer maydoniga 350 grammli urug‘lik kartoshka navi ham ekib chiqildi.
Bunday amaliy ishlar nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi17-12-2024, 11:19
“Urganch–Xiva”6-04-2026, 11:14
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini 2026-yilgi bahorgi mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”9-04-2026, 11:01
“O‘zyo‘lko‘prik”9-04-2026, 11:05
O‘zbekistonda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi17-12-2024, 11:21











