Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » “O‘zyo‘lko‘prik”

“O‘zyo‘lko‘prik”

9-04-2026, 11:05
26
Xorazm viloyatida ko‘prik inshootlari texnik holati o‘rganilmoqda

☄️  “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasasi direktori F. Salayev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan ayni kunlarda xizmat safari doirasida Xorazm viloyati hududida keng qamrovli nazorat ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar respublika avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik inshootlarining texnik holatini chuqur o‘rganish, ularning xavfsiz va uzluksiz ekspluatatsiyasini ta’minlashga qaratilgan.

⚙️ Ishchi guruh tomonidan 2026-yil 20-aprelga qadar Xorazm viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida 1991–2025-yillarda qurilgan, rekonstruksiya qilingan va ta’mirlangan ko‘prik inshootlarini joyiga chiqqan holda to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda ko‘prik inshootlari bo‘yicha diagnostika qilish va ularni tiklash yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish kabi vazifarlar  belgilangan.

✔️ Xizmat safari davomida ishchi guruh viloyatning Urganch tumanida ham bo‘lib, Qoraqalpog‘istondan Xorazmga kirib keluvchi asosiy D218 “Urganch sh. – Cholish q. – Beruniy sh.” avtomobil yo‘lining holatini joyida o‘rgandi. Mazkur yo‘l transport vositalari eng ko‘p harakatlanadigan, ayniqsa og‘ir yuk tashuvchi transport oqimi yuqori bo‘lgan strategik ahamiyatga ega hudud hisoblanadi. Shu bois mutaxassislar aynan ushbu yo‘nalishdagi ko‘prik va yo‘l infratuzilmasining texnik holatini sinchiklab ko‘zdan kechirdilar, mavjud kamchilik va muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratdilar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan dastlabki xulosalar ishlab chiqildi.

📌 Mazkur o‘rganishlar natijasida ko‘prik inshootlarining amaldagi holatini xolis baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq hamda tizimli choralar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasining ishonchliligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.