“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini 2026-yilgi bahorgi mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”


Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida bahorgi mavsumiy texnik ko‘rik masalalari muhokama qilindi.✍️Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2026-yil 6-apreldagi 21-sonli “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini 2026-yilgi bahorgi mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi.
⌨️Unda Avtomobil yo‘llari texnik holatini tahlil qilish va harakat xavfsizligi markazi bo‘lim boshlig‘i A. Boylarov tomonidan mazkur buyruq mazmun-mohiyati tanishtirilib, batafsil muhokama qilindi.
👨💻Zoom platformasi orqali tumanlardagi mas’ul mutaxassislarga umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, sun’iy inshootlar, suv qochirish tizimlari hamda yo‘l jihozlarining qish mavsumidan keyingi texnik holatini o‘z vaqtida o‘rganish zarurligi alohida ta’kidlandi.
👨💻 Shuningdek, yo‘l infratuzilmasining texnik-ekspluatatsion holatini chuqur tahlil qilish, aniqlangan nuqson va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, yo‘llardan samarali foydalanishni ta’minlash hamda harakat xavfsizligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
◾️ Yig‘ilish yakunida bahorgi mavsumiy texnik ko‘rik ishlarini sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“O‘zyo‘lko‘prik”9-04-2026, 11:05
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”8-04-2026, 11:10
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi17-12-2024, 11:19
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Osiyo taraqqiyot banki missiyasi rahbari janob Mirzo-Iskandar G‘ulomov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.18-03-2026, 10:05
Qo‘shko‘pir tuman Yo'llardan foydalanish DMda 40 sotix yerga kartoshka ekildi8-04-2026, 11:08











